BannerMobile banner
Yangiliklar

Piskent poligonidagi sinovlar bekor qilindi

02.09.2025 / 06:06

O‘zbekistonda rasmiy dilerlar soni oshgani sababli 2025-yil 2-sentabrdan Piskent poligonidagi avtomobil sinovlari bekor qilinadi.

Blog image

2 sentabrdan boshlab Piskent poligonidagi sinovlar bekor qilindi. Bu haqda Texnik jihatdan tartibga solish agentligi matbuot xizmati xabar berdi. Ma’lumotga ko’ra, bugungi kunda mamlakatda 21 ta xorijiy diler rasmiy faoliyat olib bormoqda, 100 dan ortiq avtomobil modellari uchun esa tipni tasdiqlovchi hujjatlar rasmiylashtirilgan. 


Bu esa sertifikatlangan, xavfsiz va kafolatlangan avtomobillarni yetkazib berish tizimini yo‘lga qo‘yishga yordam berdi hamda xaridorlar uchun turli brendlarni rasmiy dilerlardan xarid qilish imkonini yaratdi.


Shu munosabat bilan, 2025-yil 2-sentabrdan boshlab Pskentdagi poligonda avtomobillarni sinovdan o‘tkazish to‘xtatiladi. Chunki O'zbekistonda rasmiy dilerlar va servis markazlari soni sezilarli darajada oshdi va ular bilan ishlash amaliyoti barqarorlashdi.


Shu bilan birga, import qilinayotgan avtomobillarning sifati va xavfsizligi doimiy nazorat ostida bo‘ladi. Agar kamchiliklar yoki xaridorlarning shikoyatlari aniqlansa, amaldagi talablarga muvofiq choralar ko‘riladi.

Bizning Telegramga obuna bo'ling
BannerMobile banner