BannerMobile banner
Yangiliklar

Toshkentda 86 ta pullik yo‘l chetidagi avtoturargoh ishga tushirildi

02.05.2025 / 12:34

Pullik avtoturargohlardan biri Amir Temur xiyoboni atrofida joylashgan.

Blog image

Poytaxtda 86 ta pullik yo‘l chetidagi avtoturargoh test rejimida ish boshladi. Bu loyiha birinchi bosqich doirasida amalga oshirildi va ushbu avtoturargohlarda 13–14 mingta mashina uchun joy mavjud.


Pullik avtoturargohlardan biri Amir Temur xiyoboni atrofida joylashgan. Bu yerda avtoturargohdan foydalanish narxi bir soat uchun — 12 ming so‘m etib belgilangan. To‘lov qilinmasa, jarima qo‘llaniladi.


Parkovka haqi “Poytaxt Parking” ilovasi orqali to‘lanishi kerak. Ammo hozircha bu ilovani mobil ilovalar do‘konlarida topishning imkoni yo‘q. Shuningdek, to‘lovni Paynet terminallari orqali naqd pulda amalga oshirish ham mumkin.


Dastlab pullik avtoturargohlarni mart oyida ishga tushirish rejalashtirilgan edi, ularning ommaviy joriy etilishi esa joriy yilning iyul oyiga mo‘ljallangan.



Bizning Telegramga obuna bo'ling
BannerMobile banner