BannerMobile banner
Yangiliklar

Toshkent aholisi yo‘llarning ahvolidan shikoyat qilmoqda

17.03.2025 / 07:49

Eng ko‘p shikoyat kelgan tumanlardan biri - Mirzo Ulug‘bek tumanidir.

Blog image

7–14-mart kunlari Xalq Nazorati portaliga 1 967 ta shikoyat kelib tushdi. Eng ko‘p muammolar hanuz kommunal xizmatlar bilan bog‘liq bo‘lsa-da, yo‘llarning ta’miri boshlanganidan keyin ularga oid shikoyatlar keskin oshdi – 17,2% dan 18,6% gacha.


Tumanlar reytingi:

- eng yaxshi: Uchtepa (8,72 ball);

- eng yomon: Sergeli (1,85 ball);


Eng ko‘p shikoyat kelgan tumanlar:

- Mirzo Ulug‘bek – 137 ta

- Yashnobod – 133 ta

- Yunusobod – 123 ta

- Chilonzor – 110 ta


Hozirgacha 9 953 ta murojaat qabul qilinib, 6 363 tasi hal etildi, 9 937 tasi ko‘rib chiqilmoqda, 933 tasi esa muddatidan o‘tib ketgan.


Toshkentning har bir tumani yo‘llarni ta’mirlash uchun bir milliard so‘mdan ajratgan.

Bizning Telegramga obuna bo'ling
BannerMobile banner