BannerMobile banner
Yangiliklar

BYD avtomobillari O‘zbekistonda: to‘liq modeldagi — narxlar, texnik xususiyatlar va qisqacha tavsif

15.07.2025 / 05:57

BYD avtomobillari O'zbekistonda eng ko'p sotiladiganlardan biri hisoblanadi.

Blog image

BYD O'zbekistonda elektro va gibrid avtomobillarni keng taklif qilinmoqda. Quyidagi jadvallar — rasmiy narxlar va tavsiflar.


Elektromobillar


O‘zbekiston bozorida BYD’ning bir nechta elektromobillari mavjud. Eng arzon model — BYD Seagull, shahar uchun mo‘ljallangan ixcham avtomobil bo‘lib, narxi 208 million 300 ming so‘mdan boshlanadi. Bu modelda zamonaviy sensorli ekran, multimedia tizimi va ~405 km (NEDC) masofa bor. Asosiysi — u BYD’ning yangi e‑Platform 3.0 asosida ishlab chiqilgan.



Keyingi model — BYD E2, narxi 236 million 600 ming so‘m. Bu ham to‘liq elektr, ixcham va shaharda haydash uchun qulay variant. Tejamkorlik va minimal texnik xizmat ko‘rsatish — uning asosiy afzalliklari.



Agar biroz balandroq va sport ko‘rinishidagi model kerak bo‘lsa — BYD Yuan UP bor. U subkompakt krossover bo‘lib, narxi 266 million 700 ming so‘m atrofida. Batareyasi 32 dan 45 kVt·soatgacha, elektr yurish masofasi esa 301 dan 401 km gacha.



Kengroq va qulayroq elektromobil izlayotganlar uchun BYD Song Champion EV tavsiya etiladi. Bu to‘liq elektr krossover, multimedia va xavfsizlik tizimlari bilan jihozlangan. Narxi 395 million 300 ming so‘m.



Gibrid avtomobillar


BYD’ning gibrid modellari ham jiddiy e’tiborga loyiq. Ular ichki yonuv dvigateli va elektromotor kombinatsiyasida ishlaydi. Bu texnologiya DM-i deb ataladi.


Gibrid modellar ichida eng arzon variant — BYD Chazor. Bu sedan 273 million 900 ming so‘mdan boshlanadi va 1.5L benzin dvigateli bilan birga ~120 km elektr yurish masofasini ta’minlaydi.



Keyingi model — BYD Song Pro DM‑i. Bu — krossover, narxi 321 million 800 ming so‘m, elektrda yurish masofasi esa 71 km atrofida. Elektromotor va benzin dvigateli yaxshi muvozanatlangan, yoqilg‘i sarfi kam.



BYD Song Champion DM‑i esa 387 million 200 ming so‘m turadi. U avtomatik transmissiya, xavfsizlik tizimlari va zamonaviy ichki makon bilan ajralib turadi.


Yana bir ilg‘or gibrid variant — BYD Song Plus DM‑i. Bu modelda 110 km elektr yurish masofasi bor, dizayn va salondagi qulayliklar esa premium darajada. Narxi — 367 million 732 ming so‘m.



Texnologiyalar


Barcha modellarda BYD Blade Battery texnologiyasi qo‘llaniladi. Bu — xavfsizlik, uzoq umr va past qizish xavfi bilan ajralib turadigan zamonaviy akkumulyator tizimi. Shuningdek, BYD’ning e‑Platform 3.0 elektr transport vositalari uchun maxsus ishlab chiqilgan: bu platforma eng yaxshi tezlanish, barqarorlik va energiya samaradorligini ta’minlaydi.

Bizning Telegramga obuna bo'ling
BannerMobile banner