BannerMobile banner
Yangiliklar

Namanagan hokimi noqonuniy fotokameralardan jarima undirishni to‘xtatishni so‘radi

22.04.2025 / 07:07

Noqonuniy kameralar nafaqat moddiy, balki ma’naviy zarar ham yetkazmoqda.

Blog image

Namanagan shahri hokimi Anvar Otaxo‘jayev viloyat Ichki ishlar boshqarmasining Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi rahbari Mansur G‘oziyevga murojaat yo‘llab, normativlarga zid tarzda o‘rnatilgan foto va videokuzatuv kameralarini demontaj qilishni so‘radi.


Murojaatda ta’kidlanishicha, aholining ushbu masalada noroziligi ortmoqda. Ayniqsa, yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun kameralar orqali belgilangan jarimalar ko‘pchilikda e’tiroz uyg‘otmoqda. Ularning ayrimlari binolar tomiga yoki ko‘cha yoritgichlarining ustunlariga belgilangan tartibga zid ravishda o‘rnatilgan.


Hokimning fikricha, bunday kameralar nafaqat moddiy, balki ma’naviy zarar ham yetkazmoqda. Shu sababli, u Namanagan shahri, Davlatobod va Yangi Namanagan tumanlarida o‘rnatilgan noqonuniy qurilmalarni tizimdan chiqarib tashlashni va ularni faqat xavfsizlikni ta’minlash maqsadida ishlatishni taklif etdi.


“Shu asosda belgilangan jarimalarni to‘xtatishni va bu kameralarni faqat xavfsizlikni ta’minlash vositasi sifatida qo‘llashni so‘rayman,” — deyiladi murojaatda.


Bizning Telegramga obuna bo'ling
BannerMobile banner