Amir Temur va Shota Rustaveli ko‘chalari rekonstruksiya qilinadi
18.03.2025 / 07:13Transport master-rejasi joriy yilda qabul qilinishi rejalashtirilgan

Toshkent shahrida 2025-yilda 65 km magistral yo‘llar ta’mirlanadi, ular qatorida Amir Temur, Shota Rustaveli va boshqa ko‘chalar ham bor. Transport master-rejasi joriy yilda qabul qilinishi rejalashtirilgan. Asosiy o‘zgarishlar:
- Amir Temur (10,7 km) va Shota Rustaveli (15,3 km) ko‘chalari yangilanadi;
- ajratilgan avtobus yo‘laklari va velosiped yo‘laklari yaratiladi;
- parallel avtoturargohlar tashkil qilinadi;
- yangi svetoforli piyodalar o‘tish joylari o‘rnatiladi;
- qiyin burilishlar va tirband joylar qayta loyihalashtiriladi;
Yangi asfalt qoplamasi uzoq muddatga chidamli va shovqinni kamaytiradi. Loyihani China Construction kompaniyasi loyihani amalga oshiradi.