BannerMobile banner
Yangiliklar

Damas avtomobillari avtosalonlardan yo‘qoldi

29.09.2025 / 05:36

Damas'ning boshlang'ich narxi — 93 156 000 so‘m.

Blog image

O‘zbekistonda Chevrolet Damas avtomobiliga talab keskin oshdi. Avval bir yil davomida navbatsiz olib ketish mumkin bo‘lgan mashina endi avtosalonlarda qolmadi. Yangi yetkazib berish esa taxminan ikki hafta ichida amalga oshiriladi.


UzAuto Savdo platformasida hozirda atigi 3 dona Damas va 1 Labo mavjud:


  • Damas D2 Style Plus DLX B6O A90 (Deluxe yo‘lovchi) — 96 932 000 so‘m;
  • D3 STYLE Kombi — 96 449 000 so‘m;
  • Damas D11 (yuk mashinasi) — 93 156 000 so‘m;
  • LABO LB2 Plus New MXH T79 (pikap) — 96 370 000 so‘m.


Talabning oshishiga bir nechta sabablar bor:


  • hali ham amal qilayotgan foizsiz muddatli to‘lov va imtiyozli avtokediditlar;
  • ishlab chiqarish hajmining qisqarishi;
  • Damas 2 chiqishi kutilayotgani sababli odamlar eski, sinalgan modelni oldinroq olib qolishga harakat qilmoqda.


Foizsiz muddatli to‘lov dasturi orqali Damasni xarid qilganda, xaridor avval uning narxining 50 foizini to‘laydi, qolganini esa 28 oy davomida to‘lab boradi. Oylik to‘lov esa atigi 1,7 million so‘mni tashkil etadi. Shuningdek, avtokedidit rasmiylashtirishda sug‘urta xarajatlari ham qo‘shiladi.

Bizning Telegramga obuna bo'ling
BannerMobile banner