BannerMobile banner
Yangiliklar

108 yillik elektrokar $179 mingga sotildi

06.03.2025 / 09:42

Avtomobil 32 km/soat tezlikka chiqadi.

Blog image

1917-yilda ishlab chiqarilgan noyob Rauch & Lang JX-7 Brougham elektromobili RM Sotheby’s auksionida $179,2 mingga sotildi. Bu to‘rtta Tesla Model Y narxiga teng.


O‘tgan asr boshlarida elektromobillar keng tarqalgan bo‘lib, ulardan foydalanish oson va ekologik toza edi. Rauch & Lang kompaniyasi 1905-yildan boshlab elektr avtomobillar ishlab chiqargan, biroq benzinli mashinalarning ommalashishi ularning bozordan chiqib ketishiga sabab bo‘lgan.


JX-7 Brougham dizayni g‘ayrioddiy: saloni kareta uslubida bo‘lib, yo‘lovchilar bir-biriga qarama-qarshi o‘tiradi va rul ham mavjud emas. Avtomobil 3 ot kuchiga ega dvigatel bilan jihozlangan va 32 km/soat tezlikka chiqadi. Avval 80 km yurish imkoniyatiga ega bo‘lgan bu elektrokar hozirda zamonaviy batareya tufayli 160 km masofani bosib o‘ta oladi.

Bizning Telegramga obuna bo'ling
BannerMobile banner