Huawei yangi avtomobili dizaynini oʻzgartirdi
2024-yili Aitoning sotuv hajmi — 289 479 donaga yetdi.
Xitoyda Aito M8 yangi krossoverining patent suratlari paydo boʻldi.
2024 yilning iyul oyida Seres Huaweidan Aito savdo markasi va patentlarini $344 mln dollarga sotib oldi. Huawei oʻzining Hima savdo tarmogʻi orqali Aito brendi ostidagi avtomobillarni sotmoqda. Seres platforma ishlab chiqish, ishlab chiqarish va xorijiy savdolarni boshqaradi.
2024-yilning yanvaridan sentyabriga qadar Aito’ning sotuv hajmi — 289 479 donaga yetdi. Aitoning joriy model qatori M5, M7 va M9 kabi uchta krossoverni oʻz ichiga oladi. Katta model boʻlgan M9 oʻta muvaffaqiyatli boʻldi. Yaqin orada Aito yana bir yirik avtomobilni — Aito M8 ni chiqarmoqchi.
Patent tasvirlari Aito M8 krossoverining yangi dizaynga ega boʻlishini koʻrsatdi. Uning asosiy xususiyati — faralar. Aito M8 old tomoni yopiq, radiator panjarasiz, qora ustun va tom bilan jihozlangan. M8 texnik xususiyatlari hali ochiqlanmagan.