Yangilangan Toyota Camry 2026 taqdim etildi
02.05.2025 / 06:20Toyota Camry 2026 savdosi 2025-yilning yozida boshlanishi rejalashtirilgan.

Toyota 2026-yilgi Camry modelini yangi Nightshade Edition versiyasida taqdim etdi. Bu to‘qqizinchi avlod Camryning beshinchi versiyasi bo‘lib, sportcha dizayn bilan ajralib turadi.
Yangi model 19 dyuymli g‘ildiraklar, qora emblema va qora rangli Midnight Black Metallic elementlar bilan bezatilgan. Bu elementlar radiator panjarasi, eshik tutqichlari, yon oynalar, orqa spoyler va diffuzorda ko‘zga tashlanadi.
Camry Nightshade Edition quyidagi ranglarda mavjud: Ice Cap, Supersonic Red, Midnight Black. Shuningdek, faqat SE, XLE va XSE komplektatsiyalari uchun mo‘ljallangan yangi Dark Cosmos nomli rang ham taklif qilinadi.
Barcha versiyalar 2,5 litrli gibrid dvigatel bilan jihozlangan. Old g‘ildirakli modelda 225 ot kuchi, to‘liq g‘ildirakli modelda esa 232 ot kuchiga ega.
Toyota Camry 2026 savdosi 2025-yilning yozida boshlanishi rejalashtirilgan. Narxlar savdo boshlanishiga yaqin e’lon qilinadi.