Banner
Yangiliklar

BYD elektr mototsikllar bozoriga kirib kelmoqda

06.12.2024 / 07:12

TAILG va BYD birgalikda yangi avlod batareyasini ishlab chiqmoqda.

Blog image

Elektr mototsikllar bozori tez sur'atlarda o‘sib borayotgan bir paytda, BYD ushbu sohaga investitsiyalarini ko‘paytirishni rejalashtirmoqda.


So‘nggi yillarda yuz bergan yong‘inlar sababli kompaniya elektr mototsikllar ishlab chiqaruvchi TAILG bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yganini e'lon qildi. Elektr transport vositalari ishlab chiqaruvchi gigant TAILG va BYD birgalikda yangi avlod batareyasini ishlab chiqmoqda.  


BYD va TAILG hamkorligi haqida:  

- Hamkorlik TAILGning yangi mahsulot taqdimoti doirasida e'lon qilindi; 

- Ushbu hamkorlik BYD FinDreams akkumulyator bo‘limining 30-yillik tajribasidan foydalanishga imkon beradi; 

- Kompaniyalar elektr mototsikllar uchun xavfsizlik tizimini ishlab chiqishda bulutli hisoblash texnologiyalari va ma’lumotlar tahlilidan foydalanadi.  


Mazkur hamkorlik elektr mototsikllar uchun ilg‘or texnologiyalarni yaratishga va ularning xavfsizlik darajasini oshirishga qaratilgan.

Bizning Telegramga obuna bo'ling
Banner