Toshkentda yuk mashinalari harakati vaqtincha cheklanadi
04.04.2025 / 08:50Toshkentda Parlamentlararo ittifoq assambleyasining 150 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkaziladi.

Poytaxtda Parlamentlararo ittifoq assambleyasining 150 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkaziladi.
2025-yil 4-apreldan 9-aprelgacha Toshkent markaziy ko‘chalarida yuk transporti harakati to‘liq cheklanadi, deb xabar bermoqda poytaxt IIBB YHXB matbuot xizmati.
Mazkur davr mobaynida Toshkentda Parlamentlararo ittifoq assambleyasining 150 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkaziladi.
Qurilish obyektlarida faoliyat yuritayotgan yengil va og‘ir yuk mashinalari haydovchilari faqat Toshkent halqa avtomobil yo‘li orqali harakatlanishlari mumkin bo‘ladi.
Fuqarolarga oldindan yo‘nalishlarini rejalashtirish tavsiya etiladi.