BannerMobile banner
Yangiliklar

Mazda Xitoyda EZ-6 avtomobilini taqdim etdi

28.10.2024 / 06:58

Mazda Kodo dizayn tiliga amal qiladi.

Blog image

Yangi Mazda EZ-6 sedanining rasmiy taqdimoti 26-oktabrda bo'lib o'tdi.


Changanning gibrid platformasida yaratilgan avtomobil yetti xil variantda taqdim etilib, narxi — $19 630 dan $25 250 gacha bo'ladi. EZ-6 to'liq elektr va ko'paytirilgan zaxiraga ega versiyalarida taklif qilinmoqda. 



U Mazda Kodo dizayn tiliga amal qilib, ajratilgan chiroqlari, LED kunduzgi yurish chiroqlari va Mazda logotipi bilan farqlanadi. Mazda o'lchamlari — 4 921 mm x 1 890 mm x 1 485 mm, g'ildirak bazasi esa — 2 895 mm.



Elektr versiyasi orqa motor bilan 190 kVt quvvatga ega bo'lib, ikki xil batareyani taklif etadi: 56,1 kVt⋅soat zaxira bilan CLTC tsikli bo'yicha 480 km va 68,8 kVt⋅soat zaxira bilan 600 km. Yumshoq gibrid tizimiga ega bazaviy versiya 1,5 litrli motor va 70 kVt quvvatga ega bo'lgan elektr motor bilan birgalikda 160 kVt quvvatga ega. 


Bizning Telegramga obuna bo'ling
BannerMobile banner